Isroil va “Hizbulloh” Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi
Isroil va “Hizbulloh” Livan-Isroil chegarasidagi harbiy harakatlarni to‘xtatishga kelishib oldi. Endi Isroil 60 kun ichida Livandan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishi kerak bo‘ladi. Netanyahu agar “Hizbulloh” kelishuvning biror qismini buzsa, Isroil zarba berishda ikkilanmasligini aytdi.
27 ноябр
“Tolibon” hukumati davrida 250 dan ortiq holatda jurnalistlar hibsga olindi — BMT
BMTning Afg‘onistondagi missiyasi “Tolibon” uch yil avval hokimiyatni qo‘lga olganidan buyon jurnalistlarni o‘zboshimchalik bilan 256 marta hibsga olganini ma’lum qildi. Shuningdek, u yerdagi rasmiylarni ommaviy axborot vositalarini himoya qilishga chaqirdi.
27 ноябр
Bosch Germaniyada ish soatlari va xodimlarining maoshini qisqartiradi
2025-yil mart oyidan boshlab xodimlarning bir qismi uchun ish vaqti haftasiga 38−40 soatdan 35 soatgacha qisqartiriladi.
25 ноябр
AQSh Ukrainaning 4,65 mlrd dollarlik qarzidan kechmoqchi
Bayden ma’muriyati Ukrainaning 4,65 mlrd dollarlik qarzini hisobdan chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu Tramp lavozimga kirishgunga qadar “Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga qaratilgan qadamlarning oxirgisi” bo‘ladi, deb yozdi Bloomberg. Reja respublikachilar e’tiroziga sabab bo‘ldi.
21 ноябр
Nyu Yorkda 22 yil ichida ilk bor qurg‘oqchilik haqida ogohlantirish e’lon qilindi
AQShning Nyu York shahrida 22 yil ichida birinchi marta qurg‘oqchilik haqida ogohlantirish e’lon qilindi, shahar hukumati aholi va korxonalarni suvni ko‘ngilli ravishda tejashga chaqirdi.
21 ноябр
Qozog‘iston va Tojikistonga ham ID-karta orqali o‘tish imkoniyati yaratiladi
Prezident mazkur mamlakatlar bilan bu tizimni joriy etish rejalashtirilganini ma’lum qildi.
20 ноябр
“Toshkent-Boysun” avtoyo‘li qurilishi buyurtmasini olishda yordam berish uchun $50 ming talab qilgan shaxs ushlandi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan urushning 1000-kunida mamlakat uchun “matonat rejasi”ni taqdim etdi. U front, qurol-yarog‘, energetika, inson kapitali va madaniyat kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan 10 banddan iborat.
20 ноябр
Donald Tramp o‘zini AQShning yangi prezidenti deb e’lon qildi
AQSh prezidentligiga respublikachilardan nomzod Donald Tramp Floridada yig‘ilganlarga minnatdorlik bildirib, o‘zini AQShning 47-prezidenti deb atadi. “Bu Amerika xalqining hayratlanarli g‘alabasi bo‘lib, bizga uni yana buyuk qilish imkonini beradi”, — dedi u. Ovozlarni sanash hali tugagani yo‘q.
06 ноябр
Turkiyada yagona transport kartasini joriy etish rejalashtirilmoqda
Qayd etilishicha, Türkiye Kart yagona transport kartasi loyihasi yil oxirigacha Turkiyaning 18ta viloyatini qamrab oladi.
31 октябр
Moskvada migrantlar uchun elektron guvohnomalar joriy etiladi
2025-yildan Moskvada xorijiy fuqarolarga tajriba tariqasida elektron guvohnomalar berila boshlaydi. Unda fuqaro haqidagi barcha dolzarb ma’lumotlar aks etgan bo‘ladi. Bu, jumladan, jinoyatlarni ochishning yangi bosqichiga chiqishga imkon beradi, deydi poytaxt meri.
29 октябр
XJS Mo‘g‘ulistonni Putinni hibsga olishdan bosh tortgani uchun Rim statusini buzganlikda aybladi
Xalqaro jinoyat sudi (XJS) Mo‘g‘uliston xalqaro qamoqqa olish orderi amal qilayotgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni o‘z hududida hibsga olmasdan, Rim statutini buzganlikda aybladi. Putin sentabr oyida Mo‘g‘ulistonga tashrif buyurgandi.
25 октябр
Buyuk Britaniyada 2025-yil yozidan boshlab bir martalik veyplar taqiqlanadi
Qayd etilishicha, ushbu chora o‘smirlarni himoya qilish va atrof-muhit ifloslanishini kamaytirishga qaratilgan.
25 октябр